Sport arbitraj sudi (CAS) Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Olimpiada davomida jami 28 ta ishni ko‘rib chiqdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich rekord sifatida qayd etildi. Ishlarni ko‘rib chiqishning avvalgi rekordi 2000-yili Sidneyda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada qayd etilgan.
Xabarda qayd etilishicha, 28 ta ishdan 16 tasi rossiyalik sportchilarning Rio–2016 Olimpiadasida ishtirokiga ruxsat berilishi bilan bog‘liq.
Izoh (0)