Rio—2016 Olimpiadasining 64 kilogrammgacha vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasidagi turniri finalida o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov kelib chiqishi kubalik bo‘lgan Ozarbayjon sportchisini imtihon qiladi.
Fazliddin G‘oibnazarov Olimpiadaning final jangida ishtirok etayotgan beshinchi o‘zbekistonlik sportchiga aylangandi. Ozarbayjonlik Kallozo Sotomayor esa finalga qadar Ukraina, Fransiya, Kuba va Germaniya bokschilarini mag‘lub etgan hamda finalda jang qiladigan birinchi ozarbayjonlik bokschidir.
Final jangi 21-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va unda har ikki sportchi oltin medal uchun jang qiladi.
Izoh (0)