Suriya armiyasi ko‘ngilli otryadlar ko‘magida Aleppo janubida jangarilarga qarshi kurashishda davom etmoqda. “TASS”ning Al-Watan nashriga tayanib ma’lum qilishicha, hukumat kuchlari sutka davomida “Jaysh al-Fath” qurolli koalitsiyasining 80 jangarisini yo‘q qildi. Jangarilarning qamal ostidagi Aleppoga o‘q-dori yetkazish yoki madad kuchlari tashlash harakatlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Ayni paytda hukumat kuchlari “Proyekt-1070” mittitumanini tozalash bo‘yicha operatsiyani yakunlamoqda. Artilleriya shahar chetidagi Ramus mavzesida joylashgan harbiy o‘qishlar majmuini o‘qqa tutishda davom etmoqda — bu hudud jangarilarning asosiy tayanch nuqtasiga aylangan.
Jangarilar armiya kuchlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda. Jumladan, ular shaharning g‘arbiy chetidagi az-Zahro mavzesi orqali yorib kirishga urindi. Bu marrada ko‘ngillilar va muntazam qo‘shinlar “Jabhat ul-Fath ash-Shom” (eski nomi — “Jabhat an-Nusra”) radikal guruhiga qarshi kurashmoqda.
Izoh (0)