AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden tashkilotning saytiga rossiyalik xakerlar hujum uyushtirgan deb hisoblaydi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Qo‘shimcha dalillar va mantiq javobgarlik Rossiya zimmasida ekanligini ko‘rsatmoqda”, — deb yozdi Snouden.
Uning so‘zlariga qaraganda, xakerlar MXA xodimlarining o‘zlari qo‘llaydigan dasturlar va vositalardan foydalangan. Snoudenning fikricha, bu bilan ular AQSh ittifoqchilarning strukturalariga uyushtirilgan kiberhujumlar uchun javobgarligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.
15-avgust kuni MXA rasmiy sayti kiberhujum tufayli ishlamay qoldi. Sayt keyingi kunning kechki soatlariga qadar davom etdi.
Izoh (0)