Hindiston Yamandagi elchixonasini yopdi va endilikda urush girdobida qolib ketgan mamlakatda turgan fuqarolarini evakuatsiya qilish imkoniyatiga ega emas. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajning ma’lum qilishicha, aprel oyidan buyon Yamandan 4,7 ming Hindiston fuqarosi va 2,5 ming boshqa davlatlar fuqarolari evakuatsiya qilindi.
Hindiston fuqarosi bo‘lgan ayol bolalari bilan Yaman shimoli-g‘arbidagi Hadja shahrida qolib ketganini bildirib, o‘z davlati rasmiylaridan yordam so‘ragan edi. Bunga javoban Sushma Svarajning bayonoti e’lon qilindi.
“Hindiston hukumati fuqarolarini bir necha marta Yamanni tark etishga chaqirgan edi, ammo hamma ham bu imkoniyatdan vaqtida foydalanmadi. Bundan tashqari, evakuatsiya qilingan ayrim hindistonliklar eng qo‘rqinchlisi o‘tib ketdi deb o‘ylab, keyinchalik Yamanga qaytdi”, — ta’kidladi Svaraj xonim.
Izoh (0)