14-avgust kuni Moskvada o‘tkazilgan “Musiqiy yarim marafon” chog‘ida 29 yoshli erkak olamdan o‘tdi. Yugurish paytida o‘zini yomon his qila boshlagan erkakning joni tez yordam mashinasida uzildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Life ma’lumotlariga qaraganda, dastavval erkakning ahvolini barqarorlashtirishga erishilgan va u tez yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan. Ammo nomi keltirilmayotgan yugurish ishtirokchisi tez yordam mashinasida olamdan o‘tgan.
“Musiqiy yarim marafon” ishtirokchilari 21,1 kilometr masofaga yugurishi lozim edi. Marhum erkak marraga yetib borishiga 2,5 kilometr qolgan edi.
Izoh (0)