Tayvanning elektron uskunalar, shu jumladan, iPhone va iPad yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Foxconn kompaniyasi Yaponiyaning Sharp kompaniyasini qo‘shib olishni yakunladi. Bu haqda, Financial Times’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Foxconn kompaniyasi 11-avgust kechasi tarqatgan bayonotdan so‘ng ertasiga Sharp aksiyalarining Tokio birjasidagi narxi 19 foizga o‘sib, donasiga 106 iyenani (1,05 dollar) tashkil etdi.
Ikki kompaniya o‘rtasidagi shartnoma mart oyida imzolangan edi. Foxconn Sharp aksiyalarining uchdan ikki qismiga 3,8 milliard dolar to‘plashga rozi bo‘ldi. Kelishuv Tayvan firmasiga Yaponiyaning quyosh batareyalari va suyuq kristalli displeylar ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Izoh (0)