Yer sayyorasining shimoliy yarim sharida istiqomat qiluvchilar avgust tunlarida g‘ayritabiiy astronomik hodisani — Yerga Persey yulduzlar turkumidan “yulduzlar yomg‘iri” yog‘ishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Perseidlar meteor oqimining faolligi 12–13-avgustga to‘g‘ri keladi. Bu pallada odatda meteorlar soni soatiga 100 tani tashkil etsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich soatiga 150 meteorni tashkil etadi.
Meteor yomg‘irini kuzatish uchun hech qanday maxsus uskunalar talab etilmaydi.
Perseidlar osmonga keskin chiziq tortuvchi oq meteorlardir. Eng yorqin meteorlar yog‘dusi bir necha sekund davom etadi. Perseidlar meteor oqimi insoniyatga ikki ming yildan buyon ma’lum. Bu haqda ilk bor milodiy 36-yilga oid Xitoy solnomalarida ma’lum qilinadi.
Perseidlarning yuzaga kelishiga sabab Yerning Svift-Tuttl kometasi chang shleyfidan o‘tishidir. Kometa 133 yilda bir marta o‘z orbitasida bir marta to‘liq aylanib chiqadi.
Har safar Quyoshga maksimal darajada yaqinlashganida kometa erib, uning shleyfidagi kometa zarralari ko‘payadi. Bu voqeaga yaqin yillar esa yerliklarni “yulduzlar yomg‘iri” bilan xursand qiladi.
Perseidlar degan nom Persey yulduzlar turkumi nomidan kelib chiqqan. Meteor oqimi osmon gumbazining unga tegishli qismidan to‘kiladi.
Mazkur hodisa har yilning avgust oyida kuzatiladi.
Izoh (0)