AdMe uy yig‘ishtirish bo‘yicha foydali maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Stolning ko‘rinishini tiklaymiz
Yarim stakan sirkani shuncha zaytun yog‘i bilan aralashtiring, unga botirilgan latta bilan yog‘och stolni ishqalab arting. Tirnalgan izlar butunlay yo‘qoladi va jihoz yangi ko‘rinishga ega bo‘ladi.Yostiq jildlarini oqartiramiz
Bir stakan kir yuvish kukuni, 1 stakan idish yuvish mashinasi uchun mo‘ljallangan vosita (maydalangan), 1 stakan oqartiradigan vosita, yarim stakan burani aralashtirib, qaynoq suv qo‘shing.Shkafni tozalaymiz
Bir qoshiq o‘simlik yog‘ini ikki qoshiq osh sodasi bilan aralashtiring va cho‘tka yoki mato yordamida shkafni tozalang.Kran yoki dush nasadkasini tozalaymiz
Ohak zangidan xalos bo‘lishda sirka yordam beradi. Odatda 20 daqiqa kifoya bo‘ladi. Agar shunda ham zang ketmasa, nasadkani sirkali paket bilan o‘rab, yana bir soatga qoldiring.
Dazmolni tozalaymiz
Dazmol taxtaga qog‘oz to‘shab, unga biroz tuz seping. Dazmolni maksimal darajada qizdiring (dazmolda bug‘ funksiyasi o‘chirilgan bo‘lishi, dazmolda suv bo‘lmasligi kerak). Qizib turgan dazmolni tuz ustida yurgizing.Vannadagi mog‘orni ketkazamiz
Paxtadan sharchalar yasang, ularni oqartiruvchi vosita bilan namlang, mog‘or ustiga qo‘ying va kechasi bilan qoldiring. Ertalab mog‘or qoldiqlarini tish cho‘tkasi bilan ishqalab tashlang.Gaz plitasi ustidagi panjaralar
Panjaradagi yog‘larni nashatir spirti orqali yo‘qotish mumkin. Buning uchun panjarani plastik xaltaga joylab, u yerga 2—3 osh qoshiq nashatir spirti soling. 12 soatdan so‘ng yuvib tashlang.Kumush idishlarni yaraqlatamiz
Ularni qaynoq suv, alyuminiy folga va tuz yordamida tozalash mumkin. Bularning barchasini idishga solib, 30 daqiqaga qoldirish kifoya.
Izoh (0)