1792-yili zarb etilgan o‘ta noyob bir sentlik tangalar 10-avgust kuni AQShning Kaliforniya shtatida kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. Ularning har biri yarim million dollardan narx ko‘tarishi kutilmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Lotlarning qimmati shundaki, ular 1792-yilda Filadelfiyada zarb etilgan eng birinchi tangalardan hisoblanadi. Heritage Auction kim oshdi savdosi uyi vakili Erik Bredlining so‘zlariga qaraganda, “ular AQSh tarixining Britaniya mustamlakalari yangi respublikaga aylanayotgan davriga oiddir”.
AQShga tengdosh bo‘lgan mazkur tangalarning old tomonida Ozodlikning ramziy ifodasi tasvirlangan hamda “Ozodlik — fan va sanoat onasi” deb yozilgan. Ushbu tangalar norasmiy ravishda “kumush o‘zakli sent” deb ataladi, negaki ularni tayyorlashda markaziga kam miqdorda kumush qo‘shilgan. Hozir bu tangalardan o‘nga yaqin nusxa saqlangan.
Izoh (0)