Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik dzyudochi Diyorbek O‘rozboyev delegatsiya uchun ilk medal — bronzani taqdim etgandi. “Olamsport” nashri sportchi ilk muvaffaqiyatni O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlagani haqida xabar berdi.
“Men birinchilardan bo‘lib bahslarga kirishishga ham jismonan, ham ruhan tayyor edim. Odatda sportchilar mana shunday g‘alabalarni biror-bir sana yoki yaqinlaridan biriga bag‘ishlaydi. Men Olimpiada o‘yinlaridagi birinchi medalimni davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlayman. Xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlaganligimdan xursandman”, — deb aytib o‘tgan o‘zbekistonlik dzyudochi.
Izoh (0)