“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli Boeing-757−200 samolyoti 7-avgust, yakshanba kuni HY636 Sankt-Peterburg–Farg‘ona reysini amalga oshirishi chog‘ida parvozni to‘xtatib, yo‘lga chiqish nuqtasiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Rossiya matbuotida ma’lum qilinishicha, bunga dvigateldagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Yoqilg‘ini sarflash maqsadida samolyot bir muddat kutish zonasida aylanishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng u aeroportda muvaffaqiyat bilan qo‘ngan. Yo‘lovchilardan hech kim zarar ko‘rmagan.
Izoh (0)