Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Belorechensk tumanida halokatga uchragan Mi-2 vertolyoti uchuvchisi uni sotib olgan va o‘zi istiqomat qiladigan viloyatiga olib ketayotgan edi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Nomi keltirilmayotgan uchuvchi vertolyotni Belorechenskda xususiy qo‘llardan sotib olib, u bilan Rostov viloyatiga uchayotgan edi.
7-avgust, yakshanba kuni uchuvchi vertolyot egasiga kelishilgan pulni to‘lagan edi. Uchuvchi hamda uning yonida bo‘lgan yo‘lovchining shaxsi aniqlandi, ikkalasi ham Rostov viloyatining Shaxti shahridagi bitta ko‘p qavatli uyda istiqomat qilgani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 7-avgust ertalabki soatlarida Belorechenskning Shkolnoye aholi punkti yaqinida Mi-2 vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi — uchuvchi va uning hamrohi halok bo‘ldi.
Izoh (0)