Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbariyati foydalanuvchilarning yangiliklar tasmasidagi klikbeyt sarlavhalariga qarshi kurashishga qaror qildi. Bu haqda, kompaniya bayonotiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bunga sabab sifatida foydalanuvchilarning shikoyatlari ko‘rsatilmoqda.
Aytilishicha, kompaniya shu maqsadda maxsus algoritm ishlab chiqqan bo‘lib, u klikbeyt sarlavhalarida eng ko‘p ishlatiladigan so‘z va iboralarni taniydi. Mazkur tizim sarlavhalarni ikki turga bo‘ladi. Birinchisi — maqola mazmuni tushunarsiz. Ikkinchisi — sarlavhada ochiqchasiga mubolag‘a qo‘llanadi, bu esa foydalanuvchilarni chalg‘itadi.
Yangi tizim nafaqat klikbeytga xos so‘z iboralarni, balki ular joylashgan sahifa va domenlarni ham eslab qoladi. Shu tariqa kompaniya foydalanuvchilar yangiliklar tasmasida klikbeyt materiallari miqdorini kamaytirishga umid qilmoqda.
Klikbeyt — foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qilish maqsadida mubolag‘aga va mazmun buzilishiga yo‘l qo‘yadigan sarlavha tuzish uslubi.
Izoh (0)