2015-yil yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan Nigeriya terma jamoasining kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgan 60 nafar futbolchi bilan yoshni aniqlovchi test o‘tkazildi.
“Championat.asia”ning African football nashriga asoslanib ma’lum qilishicha, 60 nafar futbolchidan 26 nafari testdan o‘ta olmagan. Ularning ayrimlari shokka tushib qolgan, yig‘lab yuborganlari ham bo‘ldi.
Nigeriya mansabdorlaridan birining ma’lum qilishicha, mundialda ishtirok etgan faqatgina ikki nafar futbolchining asl yoshi xujjatda ko‘rsatilgani kabi bo‘lgan. — “Bu falokat. Bunday xatoga yo‘l qo‘ygan murabbiylar diskvalifikatsiya qilinadi”, — deb aytib o‘tgan o‘sha mansabdor.
Yaqindagina o‘zbekistonlik futbolchi, 2003-yili yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etgan Ilyos Zeytullayev ham yoshini kichiklashtirganini tan olgandi.
Izoh (0)