Turkiyalik ikki ona Jasmin Erdin Tavukchu va Ozgur Karavit bolalar chizgan rasmlar eskizlari asosida zeb-ziynat buyumlarini yasaydi, deb yozadi “Deti.mail.ru”.
Bu g‘oya yangilik bo‘lmasa-da, u shunchalik muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdiki, oqibatda onalar o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi.
Dastlab Jasmin va Ozgur faqat o‘z farzandlari rasmlari asosida taqinchoqlar yasagan bo‘lsa, keyinroq ularga boshqa ota-onalardan ham buyurtmalar tusha boshladi.
Taqinchoqlar odatda kumush yoki tilla suvi yugurtirilgan kumushdan qo‘lda tayyorlanadi. Ba’zan zargarlar lazer orqali naqsh tushiradi. Butun jarayon qariyb bir hafta vaqt oladi, narxlar esa 125—195 dollar atrofida bo‘ladi.
Izoh (0)