Yaponiya hukumati 3-avgust, chorshanba kuni vazirlar mahkamasining yangilanishi oldidan iste’fo berdi. Bu haqda NHK telekanali ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Yangi tayinlanishlar yaqin vaqt ichida bosh vazir Sindzo Abe tomonidan e’lon qilinadi. Yaponiya OAVlarining ma’lum qilishicha, hukumatning qayta shakllanishi davomida TIV rahbari Fumio Kisida o‘z lavozimida qoldiriladi, biroq mudofaa vaziri Tomomi Inada bo‘ladi.
U Yaponiya tarixida mudofaa boshqarmasiga rahbarlik qilgan ikkinchi ayol kishi bo‘ladi. Yaponiyaning amaldagi Liberal-demokratik partiyasida partiya siyosati uchun javobgar bo‘lgan Inada diplomatiya va xavfsizlik masalalarida Yaponiya bosh vazirining maslakdoshi hisoblanadi.
Moliya vaziri Taro Asoning ham o‘z lavozimida qolishi kutilmoqda. Savdo vaziri etib vazirlar mahkamasi bosh kotibining o‘rinbosari Xirosige Seko tayinlanadi, tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Katsutosi Kaneda esa adliya vaziri lavozimini egallaydi.
Izoh (0)