Plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi iyun oyi yakunlariga ko‘ra dunyo reytingida 56-o‘rinda edi. Iyul oyida ham o‘zbekistonliklar bu pog‘onani saqlab qolgani haqida O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
Osiyo mamlakatlari tasnifida olib qaraganda O‘zbekiston terma jamoasi Eron, BAA, Yaponiya, Ummon, Livan, Xitoy, Tailand, Bahrayn kabi mamlakatlardan keyin to‘qqizinchi jamoa bo‘lib turibdi.
Plyaj futbolining jahondagi reytingini Portugaliya terma jamoasi boshqarmoqda. Rossiya termasi 2-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Braziliya kuchli uchlikni yakunlagan.
Izoh (0)