Checheniston saylov komissiyasi Ramzan Qodirovni respublika rahbarligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bugun Checheniston Respublikasi saylov komissiyasi ‘Checheniston Respublikasi rahbari saylovlari to‘g‘risida’gi qonunga muvofiq meni respublika rahbari lavozimiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Taqdim etilgan qonunlar tekshirildi, ular saylov qonunchiligi talablariga javob beradi”, — deb yozdi 2-avgust kuni Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida.
Izoh (0)