Qarshining “Nasaf” klubidagi o‘yinlari orqali futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Shohrux Gadoyevni Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda “qaldirg‘ochlar” matbuot xizmati xabar berdi.
Shohrux Gadoyev so‘nggi 5 oyni Bahraynning “Al-Muharraq” klubida o‘tkazib, 13 ta o‘yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Oliy Liga ikkinchi davrasidan e’tiboran u “Bunyodkor” sharafini 23-raqamda himoya qiladi.
1991-yilda tavallud topgan futbolchi 2012-yil “Nasaf” safida 15 ta o‘yin o‘tkazgan. 2013-yil esa 14 ta o‘yinda 3 ta gol urgan. 2014-yilning katta qismini jarohati sabab o‘tkazib yuborgan futbolchi 7 ta o‘yinda ishtirok etgan. 2015-yil esa 27 ta o‘yinda 5 ta gol urgandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasini Mirjalol Qosimov boshqarganida Gadoyev bosh jamoadan chaqiruv qog‘ozi olib turgan.
Izoh (0)