Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo germaniyalik yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerni klubning yoshlar jamoasida mashg‘ulot o‘tkazish uchun jo‘natdi. Bu haqda Mirror nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Portugaliyalik mutaxassis Shvaynshtaygerdan tashqari asosiy tarkibning yana 8 futbolchisini – himoyachilar Timoti Fosu-Mensa, Peddi Makneyr, Tayler Blekett va Kemeron Bortvik-Jekson, yarim himoyachilar Andreas Pereyra va Adnan Yanuzay hamda hujumchilar Uill Kin va Jeyms Uilsonni yoshlar jamoasiga jo‘natib yubordi.
Avvalroq 31 yoshli Shvaynshtayger transferga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingandi.
Bastian Shvaynshtayger 2015-yilda “Bavariya”dan “MYu” safiga kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda germaniyalik futbolchi mankunianlar safida 31 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Bastian Shvaynshtayger 12-iyulda serbiyalik tennischi Ana Ivanovich bilan oila qurgandi.
Izoh (0)