Hayvonot olami himoyachilari Hindiston shimoli-sharqidagi Kezirenga milliy bog‘ida olti karkidon bolasini toshqindan qutqarib qoldi. Tahdid ostida qolgan barcha jonivorlar bog‘ yaqinidagi Karbi Anglond tepaliklariga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Barcha qutqarib qolingan mitti karkidonlar suv qaytguniga qadar maxsus markazda saqlanadi. Shundan so‘ng ular erkinlikka qo‘yib yuboriladi. Ayni paytda ikki erkak va bir urg‘ochi karkidon bolasi veterinarlar nazorati ostida ekanligi ma’lum. Bitta karkidon cho‘kib ketdi.
https://twitter.com/WSF2017/status/758697412605186048
https://twitter.com/3milymp/status/758826226312097793
Bundan tashqari, milliy bog‘ vakillari yetti bug‘uni asrab qoldi.
Izoh (0)