Balandlikka sakrash bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni Yelena Isinbayevaga Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari ochilishida Rossiya terma jamoasining bayroqdori bo‘lish taklif etildi. Bu haqda sportchining shaxsiy murabbiyi Yevgeniy Trofimov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
27-iyul, chorshanba kuni Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko rossiyalik atletlarning 2016-yilgi Olimpiadada ishtirok etishi haqidagi iltimosnomasiga Yengil atletika federatsiyalarining xalqaro federatsiyasi tomonidan rad javobini oldi. Shu tariqa Isinbayeva Rio—2016 da qatnashmaydi.
“Men Lena bilan bugun kechqurun gaplashdim, unga terma jamoamizning bayroqdori bo‘lishni taklif etishdi. Biroq keyin musobaqalarni chetdan kuzatish unga qiyin bo‘ladi”, — dedi Trofimov.
Rossiyalik yengil atletikachilar milliy federatsiyaning diskvalifikatsiya etilishi tufayli Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ldi.
Izoh (0)