Bu qandaydir dahshatli mavzudagi serialdan sahna ko‘rinishi emas, balki Belgiyaning Shatilyon viloyatidagi haqiqiy avtomobillar qabristonidir, deb yozadi “TChK”.
Shaharliklar orasida ommalashgan afsonalarga ko‘ra, aslida bu mashinalar Ikkinchi jahon urushi sabab Yevropaga kelib qolgan amerikalik askarlarga tegishli bo‘lgan, biroq ular bu avtomobillarni o‘z vataniga olib keta olmagani uchun, shu yerda qoldirib ketgan.
Biroq mahalliy aholi bunday gap-so‘zlarga unchalik ham ishonmaydi. Ularning aytishicha, bu oddiygina avtomobillari qabristoni edi — u yerda nafaqat urushdan avval, balki urushdan keyingi yillarda ishlab chiqarilgan tashlandiq mashinalarni ham topsa bo‘lardi.
Xullas, “avtomobillar qabristoni” qanday paydo bo‘lganini endi birov aniq aytib bera olmaydi, 500 ga yaqin eski avtomobilning taqdiri esa ayanchli tugagan.
“Abadiy tirbandlik”da qolgan mashinalarning bir qismini aholini talon-toroj qilgan, qolgani esa mahalliy ma’muriyat tomonidan, “ekologik muhitni saqlash maqsadida”, yo‘q qilindi.
Odamlar ixtiyorida esa bu “qabriston”ning faqat suratlari qoldi, xolos.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)