Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

28-iyul, payshanba kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab kuchli shamol kuzatiladi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Foto: “Pix.uz” / @foxmail

Foto: “Pix.uz” / @foxmail

Xabar berishlaricha, payshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +17...+22 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +22...+27 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +23...+28 daraja, qolgan hududlarda, jumladan, Toshkent shahrida +25 darajagacha iliq bo‘ladi.

28-iyul kuni kunduzi tog‘li hududlarda +22...+27 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +28...+33 daraja, Toshkent shahrida +32...+34 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +30...+35 daraja iliq bo‘ladi.

Shu kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo harorati +32...+37 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +33...+38 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +35...+40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

28-iyulga o‘tar kechasi va 28-iyul kuni kunduzi butun O‘zbekiston bo‘ylab shamol tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bundan tashqari, tog‘li hududlarda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi