Ovqat yetishmovchiligi va ochlikdan o‘lish chirkin O‘rta asrlar va qo‘rqinchli Qadimgi dunyoda qolib ketgan, deb hisoblashga ko‘pchilik o‘rganib qolgan. Biroq quyidagi suratlar aks manzarani ko‘rsatadi, deb yozadi “TChK”.
Fotosuratchilar Genri Xargrivs va Keytlin Levin izchil tadqiqotlar natijasida o‘tmish va hozirgi kunning ba’zi sivilizatsiyalari uchun odatiy hisoblangan tushliklarni tayyorladi. Quyidagi suratlarning chap tomonida boylarning taomi, o‘ng tomonida esa qashshoqlarning yemishi tasvirlangan.Fransiya
Suratda — XVIII asr boshidagi, Inqilob domida qolgan Fransiyadagi boylar va qashshoqlarning tushliklari. Nima uchun inqilob ro‘y berganiga hayron qolmasa ham bo‘ladi.Qadimgi Misr
Qadimgi Misrda kambag‘allar asosan non va sabzavotlar tanovul qilgan, mevalar va go‘sht esa badavlat kishilarning yemagi edi.Qadimgi Rim
Qadimgi Rimda ham shunga o‘xshash manzarani ko‘rish mumkin. Faqat bu yerda mol go‘shti o‘rnini baliq siqib chiqargan.KXDR
Ikki ming yil oldinga qadam tashlab, 25 millionga yaqin aholi istiqomat qilayotgan hozirgi Shimoliy Koreyaga “tashrif buyuramiz”. Bu mamlakatda bolalarning to‘rtdan biri to‘yib ovqat yemaslikdan aziyat chekadi.Suriya
Bir necha yildan beri dastlab fuqarolar urushi, hozir esa tushunarsiz bir jang davom etayotgan hozirgi zamon Suriyasida nima gap? Odamlar och. Lekin hammasi ham emas.AQSh
Hatto tinch va farovon AQShda ham farqni oson sezish mumkin — farq, birinchi galda, taomning foydaliligi va kaloriyaliligida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)