AdMe sayohat vaqtida qo‘l keladigan va sizni ortiqcha tashvishlardan xalos etadigan ba’zi tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Mavrak (shalfey) — chivinlarga qarshi vosita
Mavrak yaproqlarini gulxanga tashlasangiz kifoya — chivinlar sizni uzoq vaqtga unutadi.Linza uchun idish — krem uchun idish sifatida
U gugurt qutisidek joyni egallaydi va ochilib ketmaydi.Lavr yaprog‘i — ko‘ngil aynishiga qarshi
Yo‘lda ko‘nglingiz behuzur bo‘lsa, lavr yaprog‘ini tilingiz tagiga tashlang.Chivinlarga qarshi xavfsiz vosita
Bolalar kremini oddiy vanilin bilan aralashtirsangiz, vosita tayyor!Soch to‘g‘nog‘ichlari TicTac qutisida
Kiyimlar jomadonda g‘ijimlanib qolmasligi uchun…
…ularni taxlash o‘rniga, rulon qilin o‘rang va oddiy rezinka bilan mahkamlang.Toza yechim
Ovqat pishiradigan idishga zarqog‘oz (folga) to‘shang, shunda toza idishga ega bo‘lasiz.Begona odam bilan selfi
Agar piyoda sayohat qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, o‘zingizni maksimal darajada himoyalashga urining. Masalan, begona odamning mashinasiga o‘tirsangiz, u bilan tanishib, selfi oling, suratni esa ijtimoiy tarmoqqa joylang.OK Maps
OK Maps funksiyasi Google Maps xaritalari tasvirini saqlab qo‘yadi va siz internet bo‘lmagan joyda ham uni ko‘ra olasiz. Buning uchun qidiruv satriga OK Maps deb yozing, qolganini Google’ning o‘zi bajaradi.Kurtkani o‘z kapyushoniga o‘rab qo‘ying
Shunda u kamroq joy egallaydi va yostiq vazifasini ham bajara oladi.Jomadonga “Ehtiyot bo‘ling, sinadigan narsa bor!” yorlig‘ini yopishtiring
Aeroport xodimlari bunday yozuvli jomadonlarni tashishda haqiqatan ham ehtiyotkor bo‘ladi. Uni ro‘yxatga olish peshtaxtasidan topish mumkin.
Izoh (0)