Besh yoshli Fransishku Portugaliyaning “Sporting” futbol jamoasi bilan rasmiy shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, bolakay jamoaning “o‘n ikkinchi o‘yinchisi” bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Fransishku saraton xastaligiga qarshi kurashib kelmoqda. U Lissabondagi uchrashuvda maydonga tushib, 30 ming tomoshabinning olqishlariga sazovor bo‘lib ulgurdi.
“Sporting” prezidenti Brunu Karvalyu jamoaning ushbu qadamini quyidagi izohladi:
“Biz jamoamizga yangi mavsumni boshlashga yordam beradigan Fransishku bilan shartnoma imzolaganimizdan baxtlimiz. ‘Sporting’ tarixi 110 yilga teng, Fransishku singari insonlar tufayli bizning klubimiz kamida yana shuncha mavjud bo‘ladi”.
Izoh (0)