Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Radxi Shenaishil O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi 24-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Foto: CA

Foto: CA

“Ilk o‘yinni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazdik. O‘sha uchrashuvni boshqargan hakamning xatti-harakatlari menga umuman yoqmadi. U futbolchimizga qizil kartochka ko‘rsatib, birozdan keyin uni bekor qildi va sarig‘i bilan almashtirdi. O‘rtoqlik o‘yinida bunday qilish yaramaydi”, — deb Iroq termasi murabbiyining so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Championat.asia”.

O‘zbekiston olimpiya va Iroq milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni o‘zbekistonlik hakam Vladislav Seytlin boshqarib borgandi.

“O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu o‘yin bizga kamchiliklarimizni ko‘rib olish uchun ham muhim. Buning uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildiramiz”, — deb so‘zini yakunladi Radxi Shenaishil.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi