Xonanda Lola dangasalik uning ashaddiy dushmani ekanini va u bilan qanday kurashishini Instagram’dagi sahifasiga yuklagan rasmdagi izohida yozib qoldirdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Dangasalik – mening eng ashaddiy dushmanlarimdan biri. Shunday kunlarim bo‘ladiki, men o‘rnimdan turishni umuman istamayman. Buning ustiga ‘Taxtlar o‘yini’ serialining yangi mavsumi chiqsa, men kunlab ekranga mixlanib qolishim mumkin. Ammo bu mening zaif tomonim, turmush tarzim emas. Men har kuni dangasalik bilan kurashaman. Bu oson emas. Doim erta turmaslik, sportzalga bormaslik, javoningizni yig‘ishtirmaslik uchun juda ko‘p bahona topsa bo‘ladi... ‘Bugun emas... Dushanbadan...’. Faqat unutib qo‘yamizki, omad ham bugun va hozir kelmaydi... Keyin esa ‘Mening omadim kelmaydi, anavi odam omadli...’, deb nolib o‘tiramiz. Ishoning, biz qo‘zg‘almas ekanmiz, o‘zimiz ustimizda ishlamas ekanmiz – hech narsa kelmaydi! O‘z ustingizda ishlang! O‘z kuchingizga ishoning! Dangasalikni o‘zingizdan quving! Bu o‘yinda g‘olib faqat bitta – bu Siz!”, – deya yozdi Lola.
Lola muxlislarini yaqin kunlarda yangi tarona bilan quvontiradi. Shu yilning 1-avgust kuni xonanda o‘zining “Xabar ol” deb nomlangan trekini taqdim etadi. Yaqin orada esa bu qo‘shiqqa klip ham suratga olinadi.
Izoh (0)