2017-yilda chiqarila boshlanadigan MacBook Air noutbuki Apple korporatsiyasi uchun oxirgisi bo‘ladi. Kompaniya undan voz kechib, butun e’tiborini MacBook va MacBook Pro noutbuklari, shuningdek, iPad planshetlariga qaratadi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Kompaniya 12 dyuymli MacBook noutbuklarini 2015-yili chiqargan edi. Uskuna birinchi navbatda MacBook Air va undan keyin boshqa ishlab chiqaruvchilarning ultrabuklariga raqobatchi bo‘ldi.
Ekspertlarning fikricha, MacBook’da Ultra qo‘shimchasining yo‘qligi Apple Air qatoridan voz kechishidan dalolat beradi — u shunchaki MacBook hamda samaraliroq MacBook Pro ishlab chiqaradi. Shu tariqa, kompaniya o‘zi bilan o‘zi raqobatlashishga chek qo‘yadi.
Bundan tashqari, Apple iPad planshetlarining yangi versiyalari, birinchi galda iPad Pro qatori ustida ishlashda davom etadi.
Izoh (0)