AQShning Nyu-York shtatida bortida 4 kishi bo‘lgan kichik samolyot quladi. Bu haqda, AQSh federal aviatsiya boshqarmasiga tayanib, Associated Press ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Qayd etilishicha, aviahalokat Esperans aholi punkti yaqinidagi o‘rmonda sodir bo‘lgan. Samolyot qulagandan so‘ng alanga olgan. AQSh federal aviatsiya boshqarmasi halok bo‘lganlar va ularning ahvoli haqida ma’lumot bermagan.
Skoxari okrugi sherifi Toni Desmondning aytishicha, samolyot Esperansdagi shaxsiy aeroportdan 300 metr uzoqlikda, havoga ko‘tarilgandan so‘ng deyarli shu zahoti qulagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotdagi yo‘lovchilardan biri jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)