Venesuelaning shimoli-sharqidagi Maturin shahrida joylashgan Manuel Nunyes Tovar nomidagi shifoxonaning neonatologiya bo‘limi reanimatsiyasida so‘nggi uch kun ichida kamida 11 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq olamdan o‘tdi. Bu haqda Globovisión telekanaliga chaqaloqlarning onalari va qarindoshlari ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ularning qayd etishicha, chaqaloqlarning o‘limiga bakterial infeksiya sabab bo‘lgan. Neonatologiya bo‘limida ishlaydigan shifokor va hamshiralar ushbu holat yuzasidan hech qanday izoh bermagan.
Hududning sog‘liqni saqlash departamenti boshlig‘i Aurora Navas ushbu bo‘limda chaqaloqlarning o‘limiga sabab bo‘lgan bakteriyalar borligi haqida ma’lumotlar yo‘q ekanini aytdi. Shunga qaramay, Aurora Navas tegishli tekshiruv o‘tkazilishiga ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)