Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron o‘z iste’fosi haqidagi bayonotdan so‘ng, qandaydir qo‘shiqni xirgoyi qilgan holda jo‘nab qoldi, deb yozadi TJournal.
Kemeron jurnalistlarga ariza berish uchun Bukingem saroyiga yo‘l olganini aytdi. Ammo Britaniya bosh vaziri undagi mikrofon hali o‘chirilmaganini unutib, qo‘shiq kuylay boshladi, saroyga kirgach esa: “Ha. Yaxshi”, — deb qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron, qirollik aholisi referendumda mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berganidan so‘ng, iste’fo berishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)