12-iyul, seshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Kanada favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Jon Ranald Kyor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, tomonlarning hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi takliflari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida o‘zaro manfaatli siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirishga qaratilgan muayyan choralarni ko‘rishga tayyorligini tasdiqladi.
Uchrashuvda xalqaro kun tartibining masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)