AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. Bu haqda Al Jazeera telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Telekanalning ma’lum qilishicha, Pentagon rahbari AQShning Bagramdagi (Kobuldan 50 kilometr masofada) harbiy aviabazasiga qo‘ngan. U yerdan Karter Kobulga yo‘l oladi va respublika prezidenti Ashraf G‘ani bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Avvalroq Amerika mudofaa vaziri Bag‘dodga tashrif buyurib, Iroq rahbariyati bilan IShID terrorchilik guruhiga qarshi operatsiyani muhokama qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)