Buyuk Britaniya funt sterlingi yevroga nisbatan 2,5 yil ichidagi eng past qiymatga tushib ketdi. Bu Angliya bankining mamlakatda Brexit’dan keyingi moliyaviy barqarorlikka bag‘ishlangan hisoboti chop etilishi arafasida ro‘y berdi, deb ma’lum qiladi “Gazeta.ru”.
Funt yevroga nisbatan 1,1 foizga qadrini yo‘qotdi — 1 funt sterling 1,18 yevroni tashkil etdi. Bu 2013-yil dekabridan buyon qayd etilgan minimal ko‘rsatkichdir.
Dollarga nisbatan esa 1,3 foizga tushish yuz berdi — 1 funt sterling 1,31 dollarga tenglashdi. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, bu 1985-yildan beri kuzatilgan eng past qiymatdir.
Izoh (0)