Eng keksa fransuz ayoli Edoksi Babul shifoxonada 114 yoshida vafot etdi. Bu haqda AFP agentligiga uning nabirasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Edoksi Kayenna shahridagi uyida kutilmaganda o‘zini yomon his qilgan va zudlik bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Edoksi Babul 1901-yilning 30-sentabrida Fransuz Gvianasida dunyoga kelgan edi.
Edoksi Babul eng keksa fransuz ayoli maqomini Fransiyaning Luara departamentida yashovchi Olimp Amori 2015-yilning mayida 113 yoshida olamdan o‘tganidan so‘ng qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)