AQShning Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kuk sport ust-boshi ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasida yetakchi mustaqil direktor lavozimini egalladi. Bu haqda, kompaniya matbuot xabarnomasiga asoslanib, “TASS” yozmoqda.
2005-yildan beri Nike direktorlar kengashi tarkibida bo‘lgan Tim Kuk kompaniya rahbariyatidagi o‘zgarishlar tufayli ushbu lavozimga keldi, deyiladi xabarnomada. Xususan, Nike direktorlar kengashi raisi Fil Nayt iste’foga chiqadi, uning o‘rnini kompaniya prezidenti Mark Parker egallaydi.
Tim Kuk 2011-yil avgustida Apple bosh direktori lavozimini egallagan edi.
Izoh (0)