30-iyun kuni O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalari agentligi tomonidan “2016-yil yanvar–may oylarida aholini xorijda ish bilan ta’minlash, ularning mehnati va mehnat muhofazasini ta’minlash hamda boshqa masalalar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar” mavzusida brifing o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda agentlik rahbari Ulug‘bek Nazarov, tashkilot mutasaddilari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tabdirda aytilishicha, 2015-yil davomida mehnat faoliyatini olib borish uchun jalb qilingan chet el fuqarolariga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini, ularni jalb qilayotgan korxonalarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomasini berish bo‘yicha korxonaning tegishli ruxsatnoma va tasdiqnoma olishi bo‘yicha 7813 arizalari ko‘rib chiqildi. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilayotgan 1469 ta korxonaga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomalari hamda 6344 nafar xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomalari rasmiylashtirildi.
2016-yil yanvar–may oylari davomida mehnat faoliyatini olib borish uchun jalb qilingan chet el fuqarolariga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini, ularni jalb qilayotgan korxonalarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomasini berish bo‘yicha maxsus komissiyaning agentlikda bo‘lib o‘tgan 22 ta yig‘ilishida korxonalarning tegishli ruxsatnoma va tasdiqnoma olishi bo‘yicha 3801 arizalari ko‘rib chiqildi. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilayotgan 669 ta korxonaga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomalari hamda 3152 nafar xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomalari rasmiylashtirildi.
Brifing so‘ngida Mehnat vazirligi faoliyatini yoritishda faollik ko‘rsatgan bir guruh jurnalistlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)