Singapore Airlines kompaniyasining Boeing 777 rusumli yo‘lovchi samolyoti 27-iyun, dushanba kuni Singapurdagi “Changi” aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirayotganda o‘ng qanotiga o‘t ketdi. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Havo kemasi Singapur – Milan yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgandi. Havoga ko‘tarilishdan taxminan ikki soat o‘tib, dvigatellardan biridagi muammo tufayli samolyot komandiri ortga qaytishga qaror qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasida yoqilg‘i oqib ketgan. Qo‘nish chog‘ida samolyotning o‘ng qismida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chirish xizmati xodimlari bir necha soniyalarda voqea joyiga yetib kelgan.
Ayni damda, huquq-tartibot organlari va aviatashuvchi bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)