Chilining Chiloe orolidagi ko‘rfazda kichik samolyot-amfibiyaning qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikkita nafari jarohatlardi. Bu haqda, La Tercera gazetasining saytiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Havo kemasi bortida to‘rt kishi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot elektr uzatuvchi simlarga ilinib, suvga qulagan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)