24-iyun kuni Rossiya Davlat Dumasida rasmiy sport tadbirlariga kirish chiptalarini pasport bo‘yicha sotishni belgilovchi qonun qabul qilindi. Bu haqda Tjournal xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, musobaqa tashkilotchilari konkret ishqibozga mo‘ljallangan chiptalarning shaklini o‘zlaricha belgilashi mumkin bo‘ladi. Yangi qonun, shuningdek, IIV saytida rasmiy uchrashuvlarga kelishi taqiqlangan ishqibozlar ro‘yxatlarini e’lon qilishga ruxsat beradi. Bunda tashkilotchilar o‘yin yoki boshqa tadbir boshlanishidan kamida uch soat oldin chipta xarid qilganlar ro‘yxatini tekshirib, kirishi taqiqlangan ishqibozlarni stadiondan chiqarib yuborishi yoki ularni kiritmasligi lozim.
IIV ro‘yxatida ishqibozning ismi-sharifi, tug‘ilgan yeri, uning sport musobaqalariga tashrif buyurishini taqiqlagan sud qarorining sanasi va raqami ko‘rsatiladi.
“TASS”ning ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubovning bayonotiga asoslanib bildirishicha, Rossiyada 2014-yilda ham bunday choralar ko‘rilgan edi. O‘shanda RFning 24 subyektida 145 nafar fuqaroga nisbatan mana shunday taqiqlar joriy etilgandi.
Izoh (0)