2016-yilning 22—23-iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning yetakchi bank tuzilmalari rahbarlari hamda kuzatuvchi davlatlarning qator banklari ishtirokida ShHT doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)