O‘zbekistonning uchta sanoat hududida 2016-yilning 1-may holatiga, umumiy qiymati 411,2 million AQSh dollariga teng 54 ta loyiha amalga oshirildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Sanoat hududlarida jami 4 200 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
“Navoiy” erkin iqtisodiy sanoat hududi (2008-yilda asos solingan):
- 24 ta loyiha amalga oshirilgan;
- loyihalarning umumiy qiymati — 124 million dollar;
- ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari — 34,4 million dollar.
- o‘nta loyiha amalga oshirilgan;
- umumiy qiymati — 181 million dollar;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari — 131,4 million dollar.
- 20 ta loyiha amalga oshirilgan;
- umumiy qiymati — 106,2 million dollar;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari — 57,3 million dollar.
Izoh (0)