Yevropa Chempionatining “A” guruhida ikkinchi g‘alabasiga erishgan Fransiya terma jamoasi nimchorak finalning birinchi ishtirokchisiga aylandi.
Albaniyaga qarshi saf tortgan jamoa safida Antun Grizmann 90-daqiqada gol urib, Fransiyani durang natijadan qutqarib qolgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Dimitri Payet musobaqadagi ikkinchi goli bilan oradagi farqni yana 1 taga oshirdi.
Bosh murabbiy Didye Desham Albaniyaga qarshi uchrashuvning boshlang‘ich tarkibiga “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann hamda “Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogbani kiritmagandi. Ularning o‘rnida “Bavariya” a’zosi Kingsli Koman hamda “MYu” vakili Antoni Marsyal harakat qildi.
Ikkinchi bo‘limga kelib mutaxassis har ikki futbolchini zaxiradan maydonga tushirdi. Antuan Grizmann bunga javoban so‘nggi daqiqadagi goli bilan Fransiyani ochko yo‘qotishdan qutqarib qoldi. Dmitri Payet esa 16-iyun holatiga ko‘ra gollari sonini 2 taga yetkazib, to‘purarlar poygasiga 1-o‘ringa chiqdi. 2 ta goli bor ruminiyalik futbolchi Bogdan Stanku har ikki safar ham penaltidan muvaffaqiyat qozongan.
2-turdan keyin Fransiya terma jamoasi 6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi va 3-tur natijasidan qat’i nazar nimchorak final chiptasini qo‘lga kiritdi. So‘nggi turda Fransiya 4 ochko bilan ikkinchi bo‘lib turgan Shveysariyaga qarshi harakat qiladi. Mazkur bellashuv guruh g‘olibi nomiga oydinlik kiritib beradi.
1 ochkoga ega bo‘lgan Ruminiya terma jamoasi so‘nggi turda Albaniyani sinovdan o‘tkazadi.
[wpse_match id="351438" show_title=1]
Izoh (0)