Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Rio–2016 o‘yinlarida ishtirok etadigan davlatlar delegatsiya a’zolari joylashadigan olimpiya shaharchasi ochildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shaharchada 18 mingdan ziyod olimpiyachilar va paralimpiyachilar, rasmiy vakillar va ko‘ngillilar joylashadi. Ushbu kompleks 3 600 turar joydan iborat 31 ta binoni o‘z ichiga oladi. Xonalarda musiqiy asboblar, videoo‘yinlar bo‘ladi. Shaharcha hududida sportchilar uchun kosmetolog va ruhshunos xizmatlari taqdim etiladi. Shuningdek, kompleksda diniy markaz, suzish uchun hovuzlar va tennis kortlari mavjud.
“Sportchlilar musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish bilan birga, Olimpiada o‘yinlari natijasi va g‘alabalarni birgalikda nishonlaydi. Bu butun dunyo uchun do‘stlik va hurmat ramzi bo‘ladi”, – dedi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax.
Dastlabki soprtchilar olimpiya shaharchasiga 24-iyul kuni kelishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari 5–21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Paralimpiya o‘yinlari esa 7–18 sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Izoh (0)