GM Operations Uzbekistan kompaniyasi vakillari Buxoro shahridagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Murruvat” nomli maktab va mehribonlik uyiga ushbu hududdagi Chevrolet rasmiy dilerlik markazi xodimlari bilan birgalikda tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati.
Tashrif davomida One World Play Project loyihasi doirasida bolajonlarga Chevrolet brendi ostidagi 300 dan ziyod koptoklar topshirildi.
O‘tib ketgan bo‘lishiga qaramay, mehmonlar tarbiyalanuvchilarni “Bolalarni himoya qilish kuni” bilan tabrikladi va to‘plarni ularga topshirdi. Sovg‘alar topshirilganidan keyin bolalar mehmonlar bilan birgalikda turli o‘yinlarni o‘ynash bilan to‘plarni sinovdan o‘tkazdi.
Mehribonlik uyi direktori tarbiyalanuvchilarga quvonch bag‘ishlagani uchun GM kompaniyasi va dilerlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Izoh (0)