Yevro—2016 guruh bosqichining 1-turida kiritilgan gollar ichida eng yaxshisi deb Luka Modrichning Turkiya termasi darvozasiga kiritgan goli topildi.
“Daryo” so‘rovnomasida 1000 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi. Ularning 36 foizi Luka Modrichning Xorvatiya terma jamoasiga g‘alaba keltirgan goliga ovoz berdi.2-o‘rin Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Dimitri Payetga nasib qildi. So‘rovnomada ishtirok etgan o‘quvchilarning 27 foizi Ruminiya terma jamoasi darvozasiga urilgan golni 1-turdagi eng chiroylisi deb biladi.
Ma’lumot uchun, Dimitri Payet “Daryo” so‘rovnomasida yetakchilik qila olmagan bo‘lsada, Yevro—2016 to‘purarlari ro‘yxatida birinchi bo‘lib turibdi.
So‘rovnoma natijasiga ko‘ra Uels terma jamoasi yetakchisi Garet Beylning jarima zarbasidan urgan goli kuchli uchlikka kirdi. Shu tariqa Madridning “Real” klubi sharafini himoya qiluvchi ikki futbolchi dastlabki uch o‘rinda qayd etildi.
1-turning eng chiroyli gollari so‘rovnomasida ishtirok etgan futbolchilardan italiyalik Emmanuele Jakkerini 9 foiz, angliyalik Erik Dayer 6 foiz, irlandiyalik Uesli Xulexan esa 3 foiz ovoz to‘plashga erishdi.
Izoh (0)