Iroq armiyasining al-Fallujani IShIDdan ozod qilish bo‘yicha operatsiyasini yoritayotgan jurnalist to‘qnashuvlar chog‘ida jangarilar tarafidan o‘ldirildi. Bu haqda, Iroq mudofaa vazirligi harbiy axborot markaziga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, harbiy muxbir Fozil al-Qaraviy tez ta’sir brigadasi qo‘mondonligi huzurida ishlayotgan edi.
Harbiy operatsiya boshlanganidan buyon al-Falluja yaqinida to‘rtinchi jurnalist o‘ldirilishi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)